«Bavariya» qatorasiga to‘qqizinchi marta Germaniya chempioni bo‘ldi

«Bavariya» qatorasiga to‘qqizinchi marta Germaniya chempioni bo‘ldi
Foto: «Football24.ru»
Myunxenning «Bavariya» jamoasi muddatidan avval Germaniya futbol chempionati joriy mavsumi g‘olibiga aylandi. O‘z uyida Dortmundning «Borussiya»siga yutqazib qo‘ygan (2:3) asosiy ta’qibchi — «Leypsig»  myunxenliklarning chempion bo‘lishida «yordamlashib yubordi».

«Bavariya» qatorasiga to‘qqizinchi marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi. «Leypsig» mavsum tugashiga ikki tur qolganida 64 ochko to‘plab, «Bavariya»dan yetti ochkoga ortda qolyapti. Hans-Diter Flik jamoasi zaxirasidagi o‘yinlar soni bittaga ko‘p.

«Bavariya» — Germaniya Bundesligasining mutlaq sovrindori: chempionliklari soni 31 taga yetdi. Ikkinchi o‘rindagi «Nyurnberg» hisobida to‘qqizta chempionlik bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.