Masharipov "Al-Nassr"ga qaytadimi?

Masharipov "Al-Nassr"ga qaytadimi?
BAAning \"Shabab Al-Ahli\" jamoasi safida ijara asosida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov \"Al-Nassr\"ga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya klubi legionerimizni avstraliyalik darvozabon Bred Jons o‘rniga OCHL pley-off bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Dubayliklar Masharipovni  6 oyga ijaraga olgan edi. Yarim himoyachi \"Shabab Al-Ahli\" safida 11ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

BAA chempionati yana 1 turdan so‘ng yakuniga yetadi. Shuningdek, Jaloliddin jamoasi Fors ko‘rfazi kubogining final bosqichida \"Al-Nasr\" bilan o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.