“Inter”ni chempion qilgan murabbiy ishdan olindi!

“Inter”ni chempion qilgan murabbiy ishdan olindi!
Uzoq tanaffusdan so‘ng Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Inter” bosh murabbiy Antonio Kontening iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi. Milanliklar klubi matbuot xizmati tomonlar amaldagi shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qilganini bildirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Antoni Kontening ketishiga uning klub rahbariyatining jamoa o‘yinchilari sotib, xarajatlarni qisqartirish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi chiqqani sabab bo‘lgan. Konte rahbarlarning bu siyosatini qoralagan edi.

Ayni paytda “Inter”ni boshqarishga “Latsio” bosh murabbiyi Simeone Indzagi va Massimiliano Allegri nomzodlari ilgani surilmoqda. Antonio Konte esa klubni 2019 yilda qabul qilib olgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.