Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash bo‘lmoqda

Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash bo‘lmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi va \"Al-Nassr\" Saudiya yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bir nechta Osiyoning top klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.

\"Al-Nassr\" Jaloliddinni qishda \"Paxtakor\"dan xarid qilib, 5 oyga BAAning \"Shabab Al-Ahli\" jamoasiga ijaraga bergan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar ijara muddati yakunlangach, Masharipovni ortga qaytarmoqchi. Shu bilan birga, legionerimiz transferini \"Shabab Al-Ahli\" ham sotib olishga tayyor. Qolaversa, futbolchiga BAAning yana bir nechta jamoalaridan taklif bor. Jumladan, \"Sharja\", \"Al-Ayn\" va \"Al-Jazira\" klublari yarim himoyachini xarid qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi BAA chempionatida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.