Simone Inzagi «Inter» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Simone Inzagi «Inter» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Milan klubi «Latsio» sobiq ustozi bilan 2023 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan. U ushbu lavozimda «Inter»ni A Seriya chempioni qilgan Antonio Kontening o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Inzagi 1999—2010 yillarda futbolchi sifatida «Latsio» sharafini himoya qilib, Italiya chempionati, mamlakat Kubogi (uch marta), Superkubogi va UYEFA Superkubogida g‘alaba qozongan.
2016—2021 yillarda esa u Rim klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Milan klubi «Latsio» sobiq ustozi bilan 2023 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan. U ushbu lavozimda «Inter»ni A Seriya chempioni qilgan Antonio Kontening o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Inzagi 1999—2010 yillarda futbolchi sifatida «Latsio» sharafini himoya qilib, Italiya chempionati, mamlakat Kubogi (uch marta), Superkubogi va UYEFA Superkubogida g‘alaba qozongan.
2016—2021 yillarda esa u Rim klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













