Kuman Angliyadan ikki yulduzni tanladi

Kuman Angliyadan ikki yulduzni tanladi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumkorligini kuchaytira oladigan futbolchilarni olib keladi. Ana shu maqsadda, kataloniyaliklar “Manchester Siti” safida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Ilkay Gyundog‘an va Riyod Mahrezning agentlari bilan muzokaralarga kirishdi.

Xosep Gvardiola yozda jamoasiga “Aston Villa” yetakchisi Jek Grilishni olib kelishini ma’lum qilgan. Bu pozitsiyada Mahrez o‘ynaydi. Shu bois, Riyad boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.

Gyundog‘an manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar ham kataloniyaliklar bilan o‘zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilib oldi va bu transfer ham amalga oshishi mumkin.

Mahrez premer-liga o‘yinlarda 27 ta uchrashuvda 9 ta gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi. Ilkay esa, 28 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va ikkita assistni amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.