Ro‘ziqul Berdiyev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Umidjon Ergashevning holati yaxshi"
Coca-Cola Superliganing 11-turidan o‘rin olgan \"Qo‘qon-1912\" - \"Nasaf\" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida
- Juda kuchli raqib maydonida g‘alaba qozondik. Tezkor golimiz g‘alabaga asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar katta kuch bilan oldinga o‘tishdi, shu sabab biz himoyalanishga majbur bo‘ldik.

- Umidjon Ergashevning holati haqida ma’lumot bersangiz...
- Darvozabon Umidjon Ergashevning holati yaxshi ekan, hozirgina aytishdi. Vaziyat shunday bo‘ldi, tasodifan yuz bergan jarohat. G‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi.

- Jamoangiz ikkinchi bo‘limda vaqt cho‘zgandek ko‘rindi...
- Vaqt cho‘zish ko‘rsatma emasdi. Yutqazayotgan jamoaga og‘ir botadi. Atay o‘yin cho‘zganimiz yo‘q, biz bunday ko‘rsatma bermaymiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.