Qrimda o‘ynagan o‘zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko‘rikdan o‘tmoqda

Qrimda o‘ynagan o‘zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko‘rikdan o‘tmoqda
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi mavsumning ikkinchi qismidan oldin o‘z safiga hujumchi qo‘shib olmoqchi.
Shveysariyalik Eren Derdiyok jamoani tark etgan hujumda muammolar paydo bo‘ldi. Qanotda o‘ynaydigan Sherzod Temirov majburan markaziy hujumda o‘ynamoqda. Zaxirada yosh Po‘latxo‘ja Xoldorxonov qolgan xolos.

Jamoa ayni paytda Igor Sergeyevni qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Bundan tashqari \"sherlar\" tarkibida asli o‘zbekistonlik hujumchi Vladislav Aleksin ko‘rikdan o‘tmoqda. Aleksin \"Qizilqum\", \"Dinamo\", \"Norin\" va \"Navbahor\" klublarida o‘ynagan. Rossiyada \"Avangard\" va KAMAZ safida to‘p tepgan. So‘nggi yillarni hamyurtimiz Qrimda o‘tkazdi. U \"Kafa\", \"Inkomsport\" va \"Qrimteplitsa\" kabi klublarda to‘p tepdi. Agar hujumchining harakatlari ma’qul kelsa, Aleksin ikkinchi davrani \"Paxtakor\" safida boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.