Bektemir Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarga qaytdi

Bektemir Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarga qaytdi
So‘nggi jangda amerikalik Gabriel Rosadodan yengilgan prof bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev biroz tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi.

Bu haqda Okeanortida faoliyat olib borayotgan yana bir charmqo‘lqop ustamiz Murodjon Ahmadaliyev Instagram orqali xabar bermoqda: 
\"Ukam safimizga qaytdi, biz birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik va yaqin orada bo‘lajak janglarga to‘liq tayyorgarlikni boshlaymiz\", - deb yozdi Ahmadaliyev va tegishli fotosuratni ilova qildi.

Undan tashqari, \"Mir Boksa\" promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati Meliqo‘ziyevning mashg‘ulot jarayonidan video taqdim etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.