Tokio-2020. Nigora Tursunqulovada bronza medal uchun imkon bor

Tokio-2020. Nigora Tursunqulovada bronza medal uchun imkon bor
Taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning navbatdagi vakili Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Unda Nigora Tursunqulova (-67 kg) xitoylik raqibasi bilan kuch sinashdi.

Kuchli raqibalaridan biri xitoylik Jang Mengyuga qarshi bahs murosasiz kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi. Oltin ochko uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi. Endi Mengyu finalga chiqqan taqdirda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.