Azmun - "Roma"ning bosh maqsadi, Shomurodov esa zaxira

Azmun - "Roma"ning bosh maqsadi, Shomurodov esa zaxira
\"Roma\" jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyuni so‘rovi bilan hujumchi izlamoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning xabariga ko‘ra, \"Zenit\" forvardi Serdar Azmun bosh maqsaddir, ammo eronlik varianti \"Bayer\" bilan jiddiy raqobat va yuqori narx tufayli bekor bo‘lishi mumkin.

Zaxira varianti - \"Jenoa\"dan Eldor Shomurodovdir. O‘zbekistonlik futbolchining vakillari bilan ham aloqaga chiqilgan, ammo hali kelishuvga erishilmagan.

Uchinchi nomzod - \"RB Leypsig\"dan Aleksandr Serlot. Ammo, u eng kam e’tibor berilayotgan variantdir, sababi u Edin Jekoga o‘xshaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.