Tokio-2020. Murod Aliyevga nisbatan "hukm" o‘qildi

Tokio-2020.  Murod Aliyevga nisbatan "hukm" o‘qildi
Bahodir Jalolovning vazn toifasidagi fransiyalik bokschi Murod Aliyev kecha hakamlarning qaroriga norozilik sifatida ringda bir soatdan oshiqroq vaqt davomida o‘tirgan edi.
\"\"
Hakamlar Aliyevni raqibiga atayin bosh bilan xavfli zarba berdi deb topishgan va natijada britaniyalik Freyzer Klarkka texnik g‘alabani taqdim etishgandi. Qarordan norozi bo‘lgan fransiyalik bokschi avvaliga 45 daqiqa davomida ringni tark etmay o‘tirgandi.
\"\"
Keyinchalik kiyinish xonasiga yo‘l olgan Aliyev qaytib chiqib yana norozilik belgisi sifatida ringda o‘tirishda davom etgandi.  
\"Sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun bokschi Aliyev Olimpiya o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Uning barcha natijalari nolga tenglashtirildi va vazn toifasidan chetlatildi. Boz ustiga u tasvirga olayotgan kameraga ham zarba berishga ulgurdi. Bu harakatlar shunchalik qolmasligi kerak\", — deyiladi Olimpiada-2020 tashkilotchilarining rasmiy bayonotida.
\"\"
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Bahodir Jalolov yarim finalda aynan britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi ringga ko‘tariladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.