Ertaga Messi ishtirokida matbuot anjumani bo‘ladi

Ertaga Messi ishtirokida matbuot anjumani bo‘ladi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 8 avgust kuni \"Kamp Nou\"da matbuot anjumani o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, \"Barselona\" 5 avgust kuni 34 yoshli hujumchi endi \"ko‘k-anorrangililar\" sharafini himoya qilmasligini ma’lum qilgandi.

Messi Kataloniya klubida 18 yil harakatlandi. U \"Barselona\"da 10 karra Ispaniya chempioni, 7 karra Kubok egasi va Superkubok sohibi bo‘ldi. Shuningdek, 4 marta Chempionlar Ligasini, 3 marta Yevropa Superkubogini va klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.