O‘zbekiston milliy terma jamoasining Shvetsiyaga boradigan tarkibiga kimlar kirdi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Shvetsiyaga boradigan tarkibiga kimlar kirdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyidagi FIFA kunlaridan foydalanib, yig‘in o‘tkazadi.
Srechko Katanes shogirdlari 5 sentabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Uchrashuv Stokgolmdagi «Friends» stadionida bo‘lib o‘tadi.

27 avgust kuni terma jamoani qabul qilib olgan sloveniyalik mutaxassis yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Shvetsiyaga boradigan tarkibiga kimlar kirdi?
Darvozabonlar: Valijon Rahimov («OKMK»), Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov (ikkisi — «Paxtakor»);

Himoyachilar: Farrux Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov (ikkisi — «Paxtakor»), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Nijniy Novgorod», Rossiya), Islom Qobilov («Lokomotiv»), Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov («Nasaf»), Abdulla Abdullayev («Bunyodkor»), Doston Tursunov («Chunsin Lyanszyan», Xitoy);

Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Jaloliddin Masharipov («An-Nassr», Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov, Abror Ismoilov, Odil Hamrobekov (barchasi — «Paxtakor»), Sanjar Qodirqulov, Javohir Sidiqov («Lokomotiv»), Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy (ikkisi — «Nasaf»), Farrux Ikromov («Bunyodkor»);

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Roma», Italiya), Igor Sergeyev («Tobol», Qozog‘iston).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.