Xomyakovga musht tushirgan Shavkat Saidovga qanday jazo berildi?

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.
Yodingizda bor, Superliganing 16-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" - \"Mash’al\" (1:2) uchrashuvi yakunida mezbon jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba bergan edi.
Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan Shavkat Saidovga nisbatan 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
\"Shuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021-yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan litsenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.
Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi\", deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.
Yodingizda bor, Superliganing 16-turidan o‘rin olgan \"Metallurg\" - \"Mash’al\" (1:2) uchrashuvi yakunida mezbon jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht bilan zarba bergan edi.
Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan Shavkat Saidovga nisbatan 1 (bir) yil muddatga har qanday futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.
\"Shuningdek, klubdan ushbu rasmiy shaxsga 2021-yilgi mavsum uchun O‘zPFL tomonidan taqdim qilingan litsenziyani 3 kun muddat ichida topshirish talab etiladi.
Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi\", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













