Donald Tramp Evander Xolifild hamda Vitor Belfort jangini sharhlaydi

Donald Tramp Evander Xolifild hamda Vitor Belfort jangini sharhlaydi
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp yarimog‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Vitor Belfort va professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Evander Xolifild (44-10, 29 KO) o‘rtasidagi jangni sharhlab boradi.

Men yaxshi jangchilarni va ajoyib janglarni yaxshi ko‘raman. Shanba oqshomini bokschilarni ko‘rish va ringdagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashish uchun orziqib kutaman. Siz bu maxsus tadbirni o‘tkazib yubormang”, - dedi Tramp.

Jang 11 sentabr kuni Gollivudda (Florida, AQSH) “Seminole Hard Rock Hotel & Casino”da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ushbu to‘qnashuv professional boks qoidalar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, Xolifild koronavirusga chalingan sobiq olti divizion chempioni Oskar De La Xoyaning o‘rnini egallagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.