MDH o‘yinlari. O‘zbekiston bronza medalini qo‘lga kiritdi

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston bronza medalini qo‘lga kiritdi
Bugun musobaqaning futzal bo‘yicha bahslarida medallar uchun o‘yinlar o‘tkazildi. Bronza medali uchun bahsda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Qirg‘iziston U-20 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda yigitlarimiz 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

MDH o‘yinlari. Qozon
\"Miras\" arenasi. Bronza medali uchun bahs

O‘zbekiston U-20 - Qirg‘iziston U-20 4:3

O‘zbekiston tarkibi:
Kamol Nazarov, Qosimjon Safarov, Daler Eshonqulov, Shahram Faxriddinov, Nurillo Toshtemirov.
Zaxira: Umidjon Mahramov, Timur Salimov, Muhammadyusuf Muhammadjonov, Damir Mamadoliyev, Abdusattor Abdurahmonov, Samandar Murodqulov.

Murabbiy: Furqat Hayrullayev.

Terma jamoamiz safida Daler Eshonqulov, Qosimjon Safarov, Kamol Nazarov va Timur Salimov gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
MDH o‘yinlari. O‘zbekiston bronza medalini qo‘lga kiritdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.