Ronalduning bir kamchiligi bor!

Ronalduning bir kamchiligi bor!
Krishtianu Ronaldu singari “Real” va “Yuventus”da to‘p tepgan Sami Xedira portugaliyalik yulduzning o‘ziga yarasha kamchiligi borligini ma’lum qildi.

- Krishtianu men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi. Haqiqatan unda xudbinlik hissi juda kuchli. U himoyada o‘ynashni bilmaydi va ba’zan umuman orqaga qaytmaydi. Biroq uning bu kamchiliklarini erishgan yutuqlari va sovrinlari yuvib ketadi. Jamoaning qolgan 10 ta futbolchisi himoyalansin, Ronaldu esa gol uraversin, - dedi germaniyalik futbolchi.

“Manchester Yunayted”ga qaytgan Krishtianu Ronaldu debyut uchrashuvini dubl bilan nishonladi. U manchesterliklar bilan qator sovrinlarni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.