“Barsa” hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan!

“Barsa” hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagan!
“Barselona” o‘z tarixida ilk bor Yevrokuboklarda ketma-ket uch marta mag‘lubiyatga uchradi.

Xabaringiz bor, kataloniyaliklar Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida “Bavariya”ni qabul qilib, 0:3 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Aslida ko‘pchilik bu uchrashuvda mezbonlar o‘tgan yilgi 2:8 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyat alamini olishini kutgandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yilning dekabrida “Yuventus” kataloniyaliklarni 0:3 hisobida yenggan bo‘lsa, joriy yilning yanvarida “Pari Sen-Jermen” mezbonlarni 1:4 hisobida dog‘da qoldirgan.

“Barselona”ning ketma-ket mag‘lubiyatlarida yirik hisoblar qayd etilgani kataloniyaliklar raqibdan ancha zaif bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.