Ermatov va Katanes ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi (foto)

Ermatov va Katanes ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi (foto)
Xabaringiz bor, 17-25 sentabr kunlari mamlakatimiz maydonlarida ayollar o‘rtasida Osiyo Kubogining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi ham tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun “Bunyodkor” akademiyasida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotiga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.
Ermatov va Katanes ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi (foto)
Bahrom Norsafarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyotiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, futbolchilarimizning sharoitlari haqidagi fikrlari tinglandi. Ermatov ularga murojaat qilar ekan, ahillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa ekanligini his etish, terma jamoa safida “men” emas, balki “biz” degan so‘z ustuvor bo‘lishi zarurligini e’tirof etib, agar bunga amal qilinsa jahon miqyosida ham raqobat qila olishimizni aytib o‘tdi.
Ermatov va Katanes ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi (foto)
Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham ishtirok etdi. Sloveniyalik mutaxassis xalqaro tajribadan kelib chiqib o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov hamda futbol jamoatchiligi nomidan jamoamizga omad tiladi.
Ermatov va Katanes ayollar terma jamoasi bilan uchrashdi (foto)
Ma’lumot o‘rnida, vakilalarimiz Janubiy Koreya va Mongoliya terma jamoalari bilan birga “Ye” guruhidan o‘rin olgan.

O‘FA matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.