"Milan" - "Atletiko" uchrashuvini boshqargan hakamlar jazolanadi

"Milan" - "Atletiko" uchrashuvini boshqargan hakamlar jazolanadi
Turkiyalik hakam Juneyt Chakir ma’lum muddat o‘yinlarni boshqarmaydi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 44 yoshli hakam va uning video assistenti Abdulqodir Bitigen UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan \"Milan\"-\"Atletiko\" o‘yini paytida qoniqarsiz o‘yin ko‘rsatgani uchun jazolanadi.

Hakamlar guruhi qanday xatolarga yo‘l qo‘ygani ochiqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, 29–daqiqada “rossonerilar” futbolchisi Frank Kessening maydondan chetlatishi va qo‘shimcha daqiqalarda \"matraschilar\" foydasiga penalti belgilanishi borasida savollar tug‘ilgan.

Natijada, \"Atletiko\" penaltini golga aylantirib, \"San Siro\"da irodali g‘alabaga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.