Saudiya Arabistoni g‘alabali yurishini davom ettiradi

Saudiya Arabistoni g‘alabali yurishini davom ettiradi
JCH-2022 saralashi Osiyo mintaqasi 4-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Xitoy baxsi yakuniga yetdi. Mazkur uchrashuvda saudiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Al-Naji gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Guofu farqni qisqartirdi. 73-daqiqada Al-Buraykan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 2-bo‘lim so‘nggida xitoylik U Sinning goli bellashuvda so‘nggisi bo‘ldi.

Ochkolari sonini 12 taga yetkazib olgan Saudiya ayni damda \"B\" guruhida yetakchilik qilmoqda. Xitoyda hozircha 3 ochko bor va ular 5-o‘rinda joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.