Ronaldu: Har kim jamoada o‘z o‘rnini bilishi kerak!

Ronaldu: Har kim jamoada o‘z o‘rnini bilishi kerak!
\"Manchester Yunayted\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

\"Har kim o‘z rolini bilishi kerak. Men jamoadagi o‘rnimni bilaman. Gol urish, sheriklarimga o‘yin tajribasi ulashish va yordam berish mening vazifamdir. Agar har bir futbolchi jamoa uchun borini bersa, biz yanada yaxshiroq o‘ynaymiz.

Bizda fantastik muxlislar, ajoyib stadion va kuchli tarkib bor. Aynan ular uchun ham to‘xtamasligimiz kerak. Men muxlislar, oilam va o‘zimni xursand qilishga harakat qilaman. Yanada balandroqqa parvoz qilishni istayman.

Portugaliya terma jamoasi haqida gapiryapsiz, lekin Chempionlar ligasida men eng ko‘p gol urgan, uzatma bergan va g‘alaba qozongan futbolchiman. Shunga qaramay, davom etmoqchiman
\", - dedi Krishtianu.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli hujumchi 24 oktabr kuni jamoasi bilan \"Liverpul\"ga qarshi maydonga chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.