Professional bokschimiz AQSHdagi debyutini nokaut bilan nishonladi!

Professional bokschimiz AQSHdagi debyutini nokaut bilan nishonladi!
AQSHning Nyu-York shahridagi “Armory” sport arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida oltita reyting jangi o‘tkazildi.

Shu kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Jonibek Hotamov professional faoliyatidagi birinchi jangida amerikalik Mixal Binumga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu bahs to‘rt raund qilib belgilangan bo‘lsa-da, oxirigacha davom etmadi.

To‘qnashuvni keskin hujumlar bilan boshlagan Jonibek Hotamov uchinchi bor katta ringga ko‘tarilgan raqibini bir daqiqayu 16 soniyada taslim qildi. Shu tariqa, o‘zbek bokschisi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.