"To‘pchilar" "otishni" biladigan futbolchi oladi

"To‘pchilar" "otishni" biladigan futbolchi oladi
Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” yulduzi Rahim Sterling faoliyatini “Arsenal” safida davom ettirishi mumkin.

“Arsenal” tarkibni kuchaytirish maqsadida “shaharliklar” safini tark etishni istayotgan 26 yoshli futbolchini transfer qilishni istamoqda. Ma’lumki, Sterling bosh murabbiy Xosep Gvardiola ishonchini yo‘qotgan va o‘zi istagan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Klub xo‘jayinlari ham Sterlingni sotib yuborishga qarshi emas. Ular futbolchi transferi uchun 80 million yevro atrofida badal puli talab qilyapti.

Sterlingga “kanonirlar”dan tashqari PSJ, “Real”, “Barselona” va “Liverpul” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.