"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi?" — Ro‘ziqul Berdiyev

"Tushunmadim, bugun "Nasaf" nohaq g‘alaba qozondimi?" — Ro‘ziqul Berdiyev
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan AGMK - Nasaf\" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Albatta, finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Bugungi o‘yinda yigitlar katta jasorat ko‘rsatishdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Raqibga nisbatan o‘yinni yaxshi tashkil qildik deb o‘ylayman, shu sabab bugun g‘alabaga erishdik. Biz ketma-ket ikkinchi yil shu maydonda kubok uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. O‘tgan mavsumda mag‘lubiyatga uchragandik. Bu yilgi mavsumda g‘alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. O‘ylashimcha, bugun haqli g‘alabaga erishdik. 70-80 daqiqa davomida safarda g‘alabaga erishishni qahramonlik deb aytgan bo‘lardim.

- O‘yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Agar hakamlar xato qilishdan qo‘rqqanida o‘sha vaziyatlarda qaror chiqarmagan bo‘lardi. Bu yerda faqat hakam emas, ko‘pchilikning qarori evaziga vaziyatlar hal qilindi. E’tiroz bo‘lishi mumkin emas, hakamlar o‘yinni yaxshi boshqarishdi.

- Umuman olganda, hakamlar haqida nima deya olasiz? VAR tizimida bugun sobiq \"Nasaf\"chi ishladi?
- Kelinglar, o‘yin haqida gaplashaydik. Uchrashuv haqida savollar bo‘lsa, marhamat.

- \"Nasaf\" maydonda 1 kishi kam qolganidan so‘ng o‘yinni cho‘zishni boshladi. Bu boradagi fikringiz qanday?
- Men savollaringni tushunmadim. Bugun \"Nasaf\" nohaq g‘alaba qozondimi? Rahmat, biz g‘alabaga erishdik va bu natija bilan barchani tabriklayman.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.