"France Football" rasmiysi: Messini birinchi o‘ringa qo‘ymaganman

"France Football" rasmiysi: Messini birinchi o‘ringa qo‘ymaganman
\"France Football\" jurnali bosh muharriri Paskal Ferret \"Oltin to‘p\" natijalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Messining g‘alabasi haqida
\"Sovrin g‘olibini aniqlash demokratik tizim asosida o‘tmoqda. 170 kishidan iborat hakamlar hay’ati Messini tanladi. Men Leoni birinchi o‘ringa qo‘ymaganman. O‘zim Levandovskiga ovoz berdim, ammo Messi ham \"Oltin to‘p\"ga loyiq, deb hisoblayman\".

Ovoz berish tizimiga nisbatan bo‘layotgan tanqid haqida
\"Har bir saylovda bo‘lgani kabi, kelgusi yillarda tizimni yanada yaxshilashga harakat qilamiz. Biroq qarorlarni shoshilinch tarzda qabul qilmaymiz. Biz ovoz berishning barcha elementlarini o‘rganamiz\", - dedi Ferre.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.