Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi

Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi
Ayni daqiqalarda Qozog‘istonning Almati shahrida \"Alash Pride\" hamda \"Open FC\" promousheni hamkorlikdagi tashkil qilingan turnir davom etmoqda.

Ma’lumki, ushbu jang kechasida uch nafar hamyurtimiz oktagonga ko‘tariladi. Ularning dastlabkisi Xojiniso Kamoldinova esa oktagonga ko‘tarilib ulgurdi. U raqibasi ukrainalik Zoya Litvinenkoni ikkinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Nursulton Ro‘ziboyev esa Armaniston vakili Eduard Arustamyanga qarshi oktagonga ko‘tarildi va birinchi raundda raqibining passiv himoyalangani sababli texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.