"Dinamo"ni yangi mavsumda qaysi murabbiy boshqarishini bilasizmi?

"Dinamo"ni yangi mavsumda qaysi murabbiy boshqarishini bilasizmi?
Pro ligada 2-o‘rinni egallab Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Samarqandning “Dinamo” klubida yangi bosh murabbiy ish boshlaydi.

Yaqinda xabar berganimizdek, klubni Superligaga olib chiqqan tojikistonlik Hakim Fuzaylov shartnomasi tugagani sababli rahbariyat u bilan bitimni uzaytirmaslikka qaror qildi. Natijada Hakim Qayumovich “Dinamo”ni tark etdi.
"Dinamo"ni yangi mavsumda qaysi murabbiy boshqarishini bilasizmi?
Ayni chog‘da samarqandlik ishqibozlarni “Dinamo”ga qaysi murabbiy ustozlik qilishi qiziqtiryapti. Sports.uz ga ma’lum bo‘lishicha, jamoani katta ehtimol bilan serbiyalik Dragan Rogan boshqaradi. Bu xabarni murabbiyga yaqin manba ham tasdiqladi. Lekin hozircha “Dinamo” klubi bosh murabbiy masalasida rasmiy xabar bergani yo‘q.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rogan “Dinamo” bosh murabbiyi sifatida yangi yildan keyin ishga kirishishi kutilyapti.
"Dinamo"ni yangi mavsumda qaysi murabbiy boshqarishini bilasizmi?
Predrag Rogan haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, 1974 yilda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati mobaynida Serbiyaning qator jamoalarida ishlagan. 2021 yilgi mavsumni “Vojdovas” klubida o‘tkazgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.