"Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchisining dubli O‘zbekiston o‘smirlariga g‘alaba keltirdi

"Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchisining dubli O‘zbekiston o‘smirlariga g‘alaba keltirdi
Server Jeparov qo‘l ostidagi O‘zbekiston U-15 Dubayda BAA U-15 ga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuv xuddi birinchisi singari o‘smirlarimizning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Termamizning har ikki golini \"Odil Ahmedov akademiyasi\" hujumchisi Lazizbek Mirzayev urdi. Zaxiradan maydonga tushgan iqtidorli o‘yinchi bahs taqdirini termamiz foydasiga burib yubordi va terma g‘alabasida o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
"Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchisining dubli O‘zbekiston o‘smirlariga g‘alaba keltirdi
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

BAA U-15 – O‘zbekiston U-15 1:2

BAA futbol assotsiatsiyasi maydoni, Dubay.
Gollar: Umar Halil Ibroxim 21\' – Lazizbek Mirzayev penalti 47\', 71\'
"Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchisining dubli O‘zbekiston o‘smirlariga g‘alaba keltirdi
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.