O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga saralash bahslarini qaysi davlatda o‘tkazadi?

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga saralash bahslarini qaysi davlatda o‘tkazadi?
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2022 yil Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqich (Markaziy va Janubiy mintaqa) bahslarida mezbonlik qiladigan mamlakat nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra saralash bahslari Qirg‘iz Respublikasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Vakillarimiz Markaziy va Janubiy mintaqa saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlarida o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.