OChL. «Paxtakor»ning 1-turdagi raqibi ma’lum bo‘ldi


\"Paxtakor\"ning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yana bir raqibi aniqlandi. O‘z maydonida Qatarning \"Al-Jaish\" klubini qabul qilgan Eronning \"Naft Tehron\" jamoasi \"V\" guruhidan o‘rin oladigan bo‘ldi.
Bu guruhda \"Paxtakor\" (O‘zbekiston), \"Ash-Shabob\" (Saudiya Arabistoni) va \"Al-Ayn\" (BAA) jamoalari o‘rin olishgan. Aynan tehronliklar 24 fevral kuni Toshkentda \"Paxtakor\" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Manba: www.stadion.uz.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













