Yegor Krimes "Navbahor"da

Yegor Krimes "Navbahor"da
Samvel Babayan boshchiligidagi \"Navbahor\" yangi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Namanganliklar tarkibni kuchaytirish ishlarini ham jadal olib bormoqdalar.

\"Championat.asia\" sayti insayderlaridan biri Yegor Krimes \"Navbahor\"ga o‘tayotganini ma’lum qildi. Babayan sobiq shogirdini yana o‘z oldiga chorlamoqda.Ma’lumo t uchun, Krimetsning \"Paxtakor\" bilan shartnomasi yakuniga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsum \"Paxtakor\" safida Superligada bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushgan. Ana shu 5 bellashuvda u bitta golli pas bergan, ikkita sariq va bitta qizil kartochka olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.