Xoland dubl qayd etgan uchrashuvda "Borussiya" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Xoland dubl qayd etgan uchrashuvda "Borussiya" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bundesliga 19-turidan o‘rin olgan \"Borussiya\" Dortmund - \"Frayburg\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar 5:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

\"Asalarilar\" safida Myone va Xoland dubl qayd etdi. Shuningdek, Daud ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Raqiblardan bu gollarga Demirovich bir marotaba javob qaytardi.

Ochkolarini 40 taga yetkazib olgan Dortmund klubi ayni vaqtda Germaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni band etgan. 30 ochkosi bor \"Frayburg\" 4-pog‘onada bormoqda.
Xoland dubl qayd etgan uchrashuvda "Borussiya" yirik hisobda g‘alaba qozondi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.