Masharipovdan assist: "Al-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Saudiya Arabistoni chempionatining 17-turidan o‘rin olgan \"Al-Nassr\" va \"Al-Faysali\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Belashuvning 2-daqiqasida Masharipovning qanotdan uzatgan to‘pini Al G‘annam darvozaga joylab qo‘ydi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, \"Al-Nassr\" ayni damda turnir jadvalida 32 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Belashuvning 2-daqiqasida Masharipovning qanotdan uzatgan to‘pini Al G‘annam darvozaga joylab qo‘ydi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, \"Al-Nassr\" ayni damda turnir jadvalida 32 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













