Marat Bikmayev rasman "So‘g‘diyona" a’zosiga aylandi

Marat Bikmayev rasman "So‘g‘diyona" a’zosiga aylandi
“Lokomotiv”ni tark etgan 36 yoshli hujumchi Marat Bikmayev yangi mavsumni “So‘g‘diyona” tarkibida boshlashi aniq bo‘ldi. Boisi, futbolchi jizzaxliklar bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Bikmayevning tajribasidan foydalanishni lozim topgan. Chunki Baqoyev ham qanday hujumchi bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz. Balki, Marat “So‘g‘diyona”da ikkinchi yoshligini namoyish etar!

Bikmayev faolyati davomida O‘zbekistonda asosan “Paxtakor” hamda “Lokomotiv”da to‘p surgan. “So‘g‘diyona” esa uning Superligadagi uchinchi jamoasiga aylandi. Qolaversa, Rossiyaning “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Spartak-Nalchik”, “Alaniya”, Qozog‘istonda esa “Aktobe” sharafini himoya qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.