Bu mavsum Pro ligada kimlar qatnashadi?

Kecha PFL 2022 yilgi futbol mavsumi uchun yangi reglamentni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu yil ham Pro ligada 10ta klub ishtirok etadi. Klublar avvaliga uy-mehmon tarzida 18 turni o‘tkazishadi. Shundan so‘ng jadval ikki qismga bo‘linib, yuqori beshlik Superliga uchun, quyi beshlik Pro ligada qolish uchun kurash olib boradi.
Ikkinchi bosqichda klublar uy-mehmon tarzida 8tadan o‘yinda maydonga tushishadi. Bu yil Pro ligada ishtirok etadigan klublar: \"Mash’al\", \"Andijon\", \"Turon\", \"Nurafshon\" (\"Buxoro\"), \"Xorazm\", \"Yangiyer\", \"Sho‘rtan\", \"Orol\", \"Zomin\" va \"G‘ijduvon\".
Reglamentga ko‘ra, Pro liga musobaqasi yakunlangach, dastlabki ikki o‘rin egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri Superligaga yo‘l oladi. 3-o‘rin sohibi esa Superliganing 12-jamoasi bilan pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Pro ligada 10-o‘rinni egallagan klub Birinchi ligaga tushib ketadi. 9-o‘rinni band qilgan jamoa Birinchi liganing 2-o‘rin egasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ikkinchi bosqichda klublar uy-mehmon tarzida 8tadan o‘yinda maydonga tushishadi. Bu yil Pro ligada ishtirok etadigan klublar: \"Mash’al\", \"Andijon\", \"Turon\", \"Nurafshon\" (\"Buxoro\"), \"Xorazm\", \"Yangiyer\", \"Sho‘rtan\", \"Orol\", \"Zomin\" va \"G‘ijduvon\".
Reglamentga ko‘ra, Pro liga musobaqasi yakunlangach, dastlabki ikki o‘rin egasi to‘g‘ridan to‘g‘ri Superligaga yo‘l oladi. 3-o‘rin sohibi esa Superliganing 12-jamoasi bilan pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Pro ligada 10-o‘rinni egallagan klub Birinchi ligaga tushib ketadi. 9-o‘rinni band qilgan jamoa Birinchi liganing 2-o‘rin egasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













