Rasman! Eron JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Rasman! Eron JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
JCH-2022 saralashining Osiyo mintaqasi 3-raund 7-turidan o‘rin olgan Eron hamda Iroq terma jamoalari bahsi o‘z yakuniga yetdi.

Tehrondagi mashhur “Ozodi” stadionida kechgan o‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga 48-daqiqada Mexdi Taremi mualliflik qildi.

E’tiborlisi, Eron ushbu g‘alabadan so‘ng “A” guruhida muddatidan avval JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eron - Iroq 1:0
Gol
: Mehdi Taremi 48\'
Eron - Amir Abidzoda, Sodiq Muharrami, Shoja Halilzoda, Muhammad Kanoni, Omid Nurafkan, Said Izzattullohi (Kamol Kamyabinia, 87), Alirizo Jahonbahsh, Vohid Amiri, Ali Golizade, Mehdi Taremi, Saman Goddos (Payam Niazmand, 77).
Iroq - Fahad Tolib, Ahmad Ibrohim, Frans Putros, Hasan Matruk (Zidan Iqbol, 82), Bashar Rezan, Muhammad Ali (Hasan Sayyid, 57), Amir al-Ammari (Hasan Abdulkarim, 58), Ahmad Farxan (Hassan Ahmad, 73), Ayman Hussayn, Saad Abdul Amir, Maytam Jabbor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.