OFK "Nasaf" klubini jarimaga tortdi

OFK "Nasaf" klubini jarimaga tortdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Qarshining \"Nasaf\" klubini jarimaga tortdi. Gap shundaki, OFK Kubogi pley-off bosqichidan o‘rin olgan \"Li Man\"ga \"Markaziy\"dagi bahsda tartib-intizom qoidalari buzilganligi aniqlandi.

Birinchidan, \"ajdarlar\" 64.1 hamda 65.1-moddalar buzilganligi uchun 28 ming AQSH dollari miqdorida jarima to‘laydi.

Ikkinchidan, jamoa kodeksning 34.1 va 34.3-bandlari buzilganligi sababli shartli ravishda 21 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Biroq bu mablag‘ holat kelasi ikki yil ichida yana sodir bo‘lsagina to‘lanadi.

Uchinchidan, 1-bandga ko‘ra qarshiliklar 90 kun ichida 7 ming AQSH dollari to‘lashi lozim.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.