Boks: Feruza Kazakova ham Osiyo chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Boks: Feruza Kazakova ham Osiyo chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi
Toshkentda tashkil etilayotgan, 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Hozirga qadar ikki vakilamiz oltin medalni qo‘lga kiritib ulgurdi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uchinchi finalchimiz -52 kg vazn toifasidagi Feruza Kazakaova anchagina jiddiy raqib sanaluvchi Yaponiya vakilasi Rinka Kinoshitaga qarshi bahs yuritdi.

1-raunddanoq Kazakova faol tarzda, 1-raqamli bo‘lib harakat qila boshladi. Yaponiyalik bokschi esa, qarshi hujumlarda xavfliroq ko‘rindi. Biroq, baribir aniqroq harakat qilgan vakilamiz. Dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi.

Ikkinchi raundda ham ustunlik Kazakova tarafida bo‘ldi va bu raundni ham to‘liq tarzda o‘z foydasiga hal qildi. 3-raund ham yuqoridagilar kabi ssenariy ostida kechdi va yakunda yurtdoshimiz haqli tarzda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.