Mohinabonu Abdullayeva ham oltin medal sohibasiga aylandi

Mohinabonu Abdullayeva ham oltin medal sohibasiga aylandi
Boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahslari davom etmoqda. -63 kilogram vazn toifasida hamyurtimiz Abdullayeva Mohinabonu mo‘g‘ulistonlik Setsegdari Migmarsvrenga qarshi ringga ko‘tarildi.

Vakilamiz birinchi raundi to‘liq o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda Mohinabonu kichik farq bilan mo‘g‘ulistonlik raqibga imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi raunddagi ustunlik yakunda hamyurtimizning g‘alabasini ta’minladi.

Shunday qilib, ayollarimiz ushbu Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.