Afrika Kubogi. Misr Salohning goli va assisti evaziga yarimfinalga chiqdi

Afrika Kubogi. Misr Salohning goli va assisti evaziga yarimfinalga chiqdi
Afrika Millatlar Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan markaziy bahsda Misr Marokash ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bufal tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Saloh ikkinchi bo‘limda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda — 100-daqiqada Salohning assistidan so‘ng Trezege g‘alaba to‘pini kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Keyrush jamoasi 1/8 finalda ham 120 daqiqa o‘ynagan va penaltilar seriyasida Kot-d\'Ivuarni mag‘lub etgandi.

Misr yarimfinalda mezbon Kamerunga qarshi bahs yuritadi.

Misr – Marokash 2:1 (0:1, 1:0, 1:0)
Gollar
: 0:1 – 6, penalti Bufal, 1:1 – 53 Salax, 2:1 – 100 Trezege.
Misr – Abu-Gabal (Sobxi, 96), Xegazi (Trezege, 46), Abdelmonem, El-Fotu, Ashraf (El-Din, 90), El-Nenni, El-Sulayya, Kamal, Salax (Xamdi, 120), Moxamed (Sobxi, 111), Marmush (Zizo, 80).
Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss, Agerd, Mazina, Bufal (Raimi, 66), Amrabat, Amalla (Luza, 86), Barkok (Abuxlyal, 104), Munir (Tissaudali, 110), En-Nesiri (Mmae, 86).
Ogohlantirishlar: Kamal (25), Amalla (34), Xakimi (78), Moxamed (78), Ashraf (80), Abdelmonem (105).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.