"Surxon" tarkibiga yana kimlar qo‘shilganini bilasizmi?

"Surxon" tarkibiga yana kimlar qo‘shilganini bilasizmi?
Toshkentda ispaniyalik murabbiy boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Surxon” klubi ham asta-sekin tarkibni yig‘moqda.

Bunga qadar jamoaga “Andijon” bilan xayrlashgan Baxtiyor Qosimov, “Turon”da o‘ynagan Davron Umirov hamda “Qo‘qon-1912”ni tark etgan Bobur Akbarov bilan Suhrob Berdiyev kabi o‘yinchilarning qo‘shilgani xususida xabar bergandik.

Hozirga kelib ularning safi kengaygan. “Dinamo”dan Timur Hakimov, “Qo‘qon-1912”dan Iqbol Malikjonov, “Bunyodkor” klubida to‘p surgan Ulug‘bek Abdullayev va “Mash’al” darvozasini qo‘riqlagan Shoxruh Eshbo‘tayev ham “Surxon” jamoasiga qo‘shilishgan.

Bulardan tashqari klubda to‘rt nafar ispaniyalik va bir nafar tojikistonlik legionerlar borligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.