Afrika millatlar kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi

Afrika millatlar kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
Afrika millatlar kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Burkina Faso - Senegal uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda nominal mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Senegalliklar safida Diallo, Guye va Mane raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Burkina Fasoning yagona goli Ture tomonidan kiritildi.

Shunday qilib, Senegal Afrika millatlar kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Burkina-Faso – Senegal 1:3
Gollar:
0:1 – 70 Diallo, 0:2 – 76 Guye, 1:2 – 82 Ture, 1:3 – 87 Mane.
Burkina-Faso – Koffi (Uedraogo, 36), Kabore, Dayo, Tapsoba, Yago, Gira (Uattara, 81), Ture, Sangare, Bande (Tapsoba, 81), Traore, Bayala (Sanogo, 60).
Senegal – Mendi, Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (Guye, 65), Guye, Mendi, Mane, Dediu (Sarr, 65), Deng (Sarr, 78).
Ogohlantirish: Gira (28), Sarr (50), Sisse (90+3).

Ertaga Kamerun hamda Misr termalari finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.