"Paxtakor" Angliya chempionatida to‘p surgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" Angliya chempionatida to‘p surgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Chempionship jamoasi \"Blekpul\"ni erkin agent sifatida tark etgan hujumchi \"sherlar\" safini to‘ldirdi. \"Anderlext\" va \"Benfika\" jamoalari tarbiyalanuvchisi sanalgan Oliver Sharkich \"Paxtakor\" bilan 2022 yil oxirigacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.
"Paxtakor" Angliya chempionatida to‘p surgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" Angliya chempionatida to‘p surgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Oliver faoliyati davomida \"Fafe\" (Portugaliya), \"Lids\" (Angliya), \"Barakaldo\" (Ispaniya), \"Barton Albion\" (Angliya), \"Mansfild Taun\" (Angliya) va \"Blekpul\" (Angliya) kabi jamoalar safida o‘ynagan. Bir necha kun avval \"Blekpul\"ni tark etdi va bugun jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Sharkich Chernogoriyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga tushgan. \"Benfika\" yoshlar jamoasi tarkibida yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasida qatnashib, bir nechta gol muallifiga aylangan\", – deyiladi \"Paxtakor\" matbuot xizmati xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.