Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tadbir xorijiy davlatlar yetakchilari, rasmiy delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pekindagi «Qush uyasi» milliy stadionida bo‘lib o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
«Marosim badiiy dasturi XXR raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan «Insoniyat umumiy taqdiri hamjamiyati» konsepsiyasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Xitoy xalqining qadimiy tarixi va boy madaniyati, jahon iqtisodiyoti peshqadami sifatida erishayotgan ulkan muvaffaqiyat va yutuqlari, xalqaro olimpiya harakatining ruhi va qadriyatlarini aks ettirdi», — deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Marosimdan so‘ng Millatlar paradi bo‘lib o‘tdi. Qishki Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlarning sport delegatsiyalari, shu jumladan, O‘zbekiston jamoasi stadion bo‘ylab yurdi. O‘yinlarda O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan tog‘ chang‘ichisi Komiljon To‘xtayev mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Yorqin sport bayrami avjida Olimpiya olovi yoqildi. Marosim bayramona mushakbozlik bilan yakunlandi.
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi
4—20 fevral kunlari o‘tkaziladigan Olimpiya musobaqalarida sportning 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar to‘plami o‘ynaladi, ular uchun dunyoning 95 mamlakatidan 4 mingdan ziyod sportchi kurashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.