O‘zbekiston bu safar Erondan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi

O‘zbekiston bu safar Erondan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi
Futzal bo‘yicha CAFA U-19 turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston – Eron o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Mazkur bahsda vakillarimiz yirik 1:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda Milad Barohoy xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Soran Balkaneh, Ali Jozari o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Umidjon Mahramov esa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Vakillarimizning yagona goliga Mirshod Abdukarimov mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoamiz Qirg‘iziston va Afg‘oniston termalariga mag‘lub bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.