Mahmud Baxshilloyev Istanbul reyting turniri g‘olibi bo‘ldi

Mahmud Baxshilloyev Istanbul reyting turniri g‘olibi bo‘ldi
Istanbul shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.

Quvonarlisi, yana bir kurashchimiz musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi. 67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mahmud Baxshilloyev hal qiluvchi final bellashuvida norvegiyalik Morten Toresenga qarshi bahs olib bordi va raqibini 5-2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Buxorolik polvonimiz finalga qadar turkiyaliklar Furkan Sonkurni 8-1, Volkan Chakilni 5-1, Furkan Yildizni 4-3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.