OFK kubogi. O‘zbekiston klubi o‘z o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?

OFK kubogi. O‘zbekiston klubi o‘z o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?
Bilasiz, OFK Kubogining 2022 yilgi mavsumida kamida bitta klubimiz qatnashadi.

\"Nasaf\" OFK Chempionlar ligasi pley-off bosqichida \"Baniyas\" (BAA) ustidan g‘alaba qozonsa, “E” guruhidan joy oladi. Bunday holatda \"So‘g‘diyona\" OFK Kubogi “E” guruhidan o‘rin egallaydi.

\"Nasaf\" mag‘lub bo‘lgan taqdirda, OFK Kubogiga yo‘l oladi, \"So‘g‘diyona\" esa 2022 yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
OFK kubogi. O‘zbekiston klubi o‘z o‘yinlarini qayerda o‘tkazadi?
Kuni kecha, Osiyo futbol konfedratsiyasi guruh bahslarini qabul qiluvchi mamlakatlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, \"E\" va \"F\" guruhlarini o‘tgan yilgidek, Dushanbe va Bishkek shaharlari qabul qiladi. \"Nasaf\" yoki \"So‘g‘diyona\" Tojikiston poytaxtiga borishga to‘g‘ri keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.