«Real» yoki «Barselona»: Mbappe ikkilanmoqda

«Real» yoki «Barselona»: Mbappe ikkilanmoqda
«PSJ»ning 23 yoshli yulduz-hujumchisi Kilian Mbappe «Real Madrid»ga o‘tishi haqida ko‘p gapirilmoqda. Biroq fransuz futbolchisi «Barselona» taklifini ham ko‘rib chiqishga shayligini bildirdi.

«L\'Equipe» yozishicha, «Barselona» qay tarzda rivojlanmoqchi — shunisi Mbappeni qiziqtiryapti.

Xabarlarga ko‘ra, Mbappe — kataloniyaliklar yozda qo‘lga kiritishni rejalashtirgan Erlin Hollanga muqobil nomzod.

Kilian Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi muddati 2022 yilning yozida tugaydi. Joriy mavsumda u Parij jamoasi uchun 26 gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.